Xizmatlar
Google'da topiladigan, tezkor sayt qurib beramiz — mijoz sizni qidiruvda birinchi topsin.
Ko'p bizneslar saytga "vizitka" sifatida qaraydi — bor-yo'g'ligi muhim, sifati emas. Aslida sayt sizning eng arzon va doimiy ishlaydigan sotuvchingiz: u tunu-kun ishlaydi, mijoz izlaganda topiladi va ishonch uyg'otadi. Biz saytni shu nuqtai nazardan quramiz — chiroyli ko'rinish emas, natija uchun.
Sayt uchun bepul konsultatsiyaTezkor yuklanish
Next.js texnologiyasi bilan — sahifa 2 soniyadan tez ochiladi, Google buni yaxshi baholaydi.
SEO'ga tayyor
Meta teglar, schema.org markup, sitemap — qidiruv tizimlari saytingizni to'g'ri o'qiydi.
Mobil qurilmalarga moslashgan
O'zbekistonda trafikning katta qismi mobildan — sayt har qanday ekranda to'g'ri ko'rinadi.
Ko'p tillilik
UZ/RU/EN — xohlagan tilda ishlaydigan sayt.
Telegram va to'lov integratsiyasi
Buyurtma formalari to'g'ridan-to'g'ri Telegram guruhingizga tushadi, Payme/Click ulanadi.
Muddat
Landing sayt — 5-10 ish kuni. Korporativ yoki ko'p sahifali sayt — 2-4 hafta.
Narx
3 mln so'mdan